beta
/QISHLOQ XO'JALIGINI RO'YXATGA OLISH ORQALI AGRAR SOHA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI
Abstract

Agrar soha faoliyati samaradorligini statistik baholashda shaffof ma’lumotlarni shakllantirish muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda mazkur sohaning asosiy ma’lumotlar manbai sifatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari hisoblanadi. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi, O‘zbekiston Respublikasi fermerlar Kengashi ham shular jumlasidandir. Lekin bu ma’lumotlarning shaffofligi, aniqligi haqiqatdan talab darajasida ekanligi yoki yo‘qligi bo‘yicha turlicha qarashlar mavjud. Chunki, ayrim ma’lumotlar yuqorida tashkilotlarda ikki xil ko‘rinishda berilib qolishlari ham foydalanuvchida shubha uyg‘otmay qo‘ymaydi. Bu salbiy holatga kelmaslik uchun birinchidan mamlakatda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish orqali amaliy yechimini berish mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish agrar sohani zamonaviy, shaffof va bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi desak ham bo‘ladi. Chunki bu tadbir orqali nafaqat mamlakat, balki har bir fermer, dehqon hamda tomorqa yer egasi uchun ham foydali hisoblanadi.

RelatedView All
CitationsView All
Citing-
Cited By-